AsosiyDunyo

Turkiya Prezidenti Rossiya va Ukraina rahbarlari bilan gaplashib olmoqchi

'Turkiya Prezidenti Rossiya va Ukraina rahbarlari bilan gaplashib olmoqchi'ning rasmi

Erdog`an yaqin kunlarda Putin va Zelenskiy bilan alohida muzokaralar o`tkazishini aytdi. Bu haqda zamon.uz yozmoqda.
“Biz qanchalik uzoqqa borishimiz mumkinligini tushunamiz. Tinchlikdan umidimizni yo`qotmaymiz”, — degan Turkiya etakchisi.

Erdog`an  Rossiya Prezidentida Ukraina masalasidagi pozisiyasi yumshab borayotganini taxmin qildi. U Putin bilan so`nggi muzokaralaridan so`ng shunday taassurot shakllanganini ta`kidladi. 

Bundan tashqari,  Turkiya rahbari Ukraina Prezidenti bilan so`nggi suhbatida “muzokaralar uchun hech qanday to`siq yo`qligini va bu masalani hal qilishga tayyorligini his qilganini” aytdi.
Avvalroq Erdog`an Putin nimani o`ylasa, amalga oshiradigan etakchi ekanini ma`lum qilgandi.

    Boshqa yangiliklar