Joriy yilning 21-23 oktyabr kunlari BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida “Katta Dubulg`a” turkumiga kiruvchi turniri bo`lib o`tadi.
Umumiy mukofot jamg`armasi 154 000 evroni tashkil qiluvchi ushbu nufuzli musobaqada dunyoning 65 davlatidan jami 419 (243 erkak, 176 ayol) nafar dzyudochi medallar hamda Parij-2024 Olimpiadasi yo`lidagi muhim reyting ochkolari uchun tatamiga chiqadi.
Musobaqaning uchinchi kunida og`ir vaznli polvonlar ishtirokini boshlashadi.
Erkaklar -90, -100 va +100 kg, ayollar esa -78, +78 kg vazn toifalarida bahslarga kirishadi.
Bugun g`oliblik uchun kurash olib boradigan hamyurtlarimiz quyidagicha:
- - 78 kg: Irisxon Qurbonboeva - Metka Lobnik (Sloveniya);
- - 100 kg: Otabek To`raboev - Qaisar Xon (Pokiston);
- +100 kg: Bekmurod Oltiboev - Mustafa Fofana (Gveniya).