AsosiyDunyo

OTMga kirish imtihonlarida abiturientlar surdotarjimon xizmatlari bilan ta`minlanadi

'OTMga kirish imtihonlarida abiturientlar surdotarjimon xizmatlari bilan ta`minlanadi'ning rasmi

Prezidentning “O`zbek imo-ishora tili va Brayl alifbosini rivojlantirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori qabul qilindi. Hujjatga ko`ra: 

  • 2023 yil 1 yanvardan boshlab, talablardan kelib chiqqan holda, umumiy o`rta ta`lim muassasalari hamda “Ishga marhamat” monomarkazlarida o`zbek imo-ishora tili va Brayl alifbosini o`rgatish bo`yicha maxsus o`quv kurslari tashkil etiladi; 
  • maxsus o`quv kurslarida ko`rish, eshitish va nutqida nuqsoni bo`lgan shaxslar  hamda ushbu toifadagi voyaga etmagan bolalarning ota-onalari  yoki ularning o`rnini bosuvchi shaxslar – bepul, qolgan shaxslar – pullik  asosda o`qitiladi; 

2023 yil 1 yanvardan boshlab: 

  • davlat telekanallarida haftalik efir vaqtining kamida besh foiz  hajmidagi ko`rsatuvlar surdotarjima, yashirin subtitrlar  yoki “yuguruvchi satrlar” bilan namoyish etiladi; 
  • davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy ta`limdan keyingi ta`lim ixtisosliklariga o`qishga qabul qilishda ko`rish, eshitish va 

nutqida nuqsoni bo`lgan shaxslar tomonidan xorijiy tilni bilish bo`yicha milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatni taqdim etish talab etilmaydi; 

  • OTMga kirish imtihonlarida qatnashayotgan eshitish va nutqida nuqsoni bo`lgan abiturientlar majburiy tartibda surdotarjimon xizmatlari bilan ta`minlanadi; 

2024/2025 o`quv yilidan boshlab  kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasalarining o`qituvchi lavozimiga faqat dars o`tiladigan imo-ishora tilini biladigan pedagog kadrlar ishga qabul qilinadi.

    Boshqa yangiliklar