Rossiya harbiy samolyoti Sibir janubidagi turar-joy hududiga quladi, deya xabar bermoqda Zamon.uz' sayti.
Qayd etilishicha, "SU–30" qiruvchi samolyoti Irkutsk shahridagi ikki qavatli uyga borib urilgan.
Bortda bo`lgan ikkala uchuvchi ham halok bo`lgan, biroq aholidan hech kim jabrlanmagan.
Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma`lumotlariga ko`ra, samolyot qulagan paytda sinov parvozini amalga oshirayotgan bo`lgan.