AQSh prezidenti Jo Bayden Oq uydagi maysazorda daraxt ekish marosimidan so`ng bog`da adashib qoldi.
Ma`lum qilinishicha, kadrlarda prezidentning bezovta bo`lib “Qaerga ketyapmiz?” deb so`ragani va Oq uy qo`riqchisi daraxt ekish tadbiridan keyin sarosimaga tushganini ko`rish mumkin. Qo`riqchilar Baydenga yo`l topishga yordam berishgan.
C-SPAN telekanali tomonidan e`lon qilingan tadbirdan olingan kadrlarda Baydenning "yo`qolib qolgani" va uning texnik xodimlar bilan suhbati aks etgan. Amerika Qo`shma Shtatlari Prezidenti boshqa yo`ldan ketmoqchi ekanligini oqlashga urindi, biroq qo`riqchilarning buyrug`i bilan Oq uy tomon yo`l oldi.






