AsosiyDunyo

AQSh va`dasini bajardi: Ukrainaga ilk NASAMS’lar berildi

'AQSh va`dasini bajardi: Ukrainaga ilk NASAMS’lar berildi'ning rasmi

AQSh Ukrainaga NASAMS ikkita zenit-raketa tizimlarini etkazib berdi. Zamon.uz' saytining qayd etishicha, bu haqda tizimlarni ishlab chiqaruvchi bo`lgan Amerikaning Raytheon Technologies kompaniyasi bosh direktori ma`lum qildi.

“Biz hozirgina ikkita NASAMS tizimini etkazib berdik. U AQSh hukumatiga ikki hafta oldin taqdim etilgandi. Bugunoq ularning Ukrainada qo`llanilishi boshlanadi”, – degan u.

O`tgan haftada Pentagonning oliy martabali vakili Vashington yaqin haftalar ichida Kievga NASAMS zenit-raketa tizimlarini berishini ochiqlagandi. 11 oktyabr kuni Oq uy vakili Jon Kirbi ham bu xabarlarni tasdiqladi. Ukrainaga jami sakkizta shu turdagi qurollarni berish rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar