AsosiyDunyo

Ukrainalik jurnalist O`zbekistonni Rossiyaga Eron dronlarini etkazib berishda aybladi (video)

'Ukrainalik jurnalist O`zbekistonni Rossiyaga Eron dronlarini etkazib berishda aybladi (video)'ning rasmi

Ukrainalik jurnalist va bloger Gordon o`zining "Dimitriy Gordonnikida mehmonda" loyihasida isroillik milliarder Leonid Nevzlin bilan suhbat uyushtirib, unda O`zbekistonni Ukrainaga qarshi Rossiyaga yordam berayotgani haqida gapirdi.

Unga ko`ra, O`zbekiston, Eron va Iroq o`z hududlarida harbiy dronlarni ishlab chiqib, uni Rossiya armiyasiga etkazib beryapti.

Jurnalist Nevzlinga "Sizningcha, Isroil Eron, O`zbekiston va Iroqda ishlab chiqilayotgan dronlar markazini nishonga olishi mumkinmi?" – deya, savol berdi.

"O`zbekiston haqida biror narsa aytishim qiyin, chunki bu davlat neytral va jahon hamjamiyati bilan do`stona munosabatda hisoblanadi. O`ylaymanki, ularga Isroil va AQSh tomonidan berilajak ogohlantirish bayonoti ham etarli. Iroq bilan Erondagi ishlab chiqarish punktlarini esa Isroil allaqachon urib boryapti", – deya javobbergan Nevzlin.

Ushbu holatga O`zbekiston Oliy majlisi deputati Alisher Qodirov mnosabat bildirdi.

"Bu asossiz va mas`uliyatsiz e`lonni e`tiborsiz qoldirmaslik kerak.  

O`zbekiston rus agressiyasini hech qanday shaklda qo`llab-quvvatlamasligini, muzokaralar va hududiy yaxlitlikni qo`llab-quvvatlaydigan betaraf pozisiyasini fuqarolarimiz ham butun dunyo ham juda yaxshi tushunib bo`ldii. Tashqi ishlar va Mudofaa vazirliklari bu tuhmatni rasman rad etishi va Gordonni uzr so`rashga majbur qilishi kerak", - deb yozdi O`zLiDeP etakchisi. 

    Boshqa yangiliklar