Ijtimoiy tarmoqlarda ikki nafar qizning uyatsiz-buzuq harakatlari aks etgan video tarqalib ko`plab muhokamalarga sabab bo`layotgan edi.
Mazkur video Toshkent shahar IIBB tomonidan o`rganilib, quyidagilar aniqlangan.
Joriy yilning 15-16 oktyabr kunlari Bektemir tumanida joylashgan savdo majmuasi oldida o`tkazilgan “Drift shou” tadbirida reklama firmalaridan biri ichimlik suvini reklamasi uchun ikki nafar qizlarni yollagan.
Ushbu qizlar, ya`ni 1993 yilda tug`ilgan Yu.B. hamda 1985 yilda tug`ilgan A.K.lar tadbir davomida jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan uyatsiz-buzuq harakatlarni sodir etib, jamoat tartibini buzishgan.
Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIO FMB tomonidan Yu.B. hamda A.K.larga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarilk to`g`risidagi kodeksning 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) bilan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, hujjatlar jinoyat ishlari bo`yicha Bektemir tumani sudiga taqdim etilgan.