“Yuventus” rahbariyati o`z safida o`ynagan paytida Krishtianu Ronalduga 20 million evro atrofida pul bergani va bu rasmiy moliyaviy hisobotlarga kirtilmagani fosh bo`ldi, deb xabar bergan La Gazzetta dello Sport gazetasi.
Ta`kidlanishicha, turinliklar portugaliyalik yulduz bilan maxfiy kelishuv qilib, unga ko`ra, o`yinchi maoshining bir qismini yashirin tarzda to`lab kelgan va bu summa soliq hamda moliyaviy hisobotlardan yashirilgan.
Ma`lum bo`lishicha, 37 yoshli Ronaldu “Yuventus” safida 2018-2021 yillar davomida to`p tepib, jami 134 ta uchrashuvda 1010 ta gol va 22 ta assist muallifi bo`lgan.
Ayni paytda “Manchester Yunayted” sharafini himoya qilayotgan futbolchi yaqinda Italiya prokuraturasi savollariga javob berishdan bosh tortgandi.






