AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Uilyam Berns oktyabr boshida Kievga tashrif buyurgan. Bu haqda CNN ma`lum qildi, deya xabar bermoqda Zamon.uz' sayti.
Ma`lum bo`lishicha, razvedka rahbari Volodimir Zelenskiy va boshqa rasmiylar bilan uchrashgan.
“U AQShning Ukrainani Rossiyaga qarshi kurashida qo`llab-quvvatlashini, xususan, to`xtovsiz razvedka ma`lumotlarini almashilishini tasdiqladi”, – degan telekanal manbalaridan biri.
Berns Rossiya tomonidan yadro zarbalari berilishi mumkinligi to`g`risidagi xavotirlar kuchaygan paytda Ukrainaga kelgani alohida qayd etilgan.






