AsosiyDunyo

Putin Janubiy Koreyani Ukrainaga qurol etkazib berishda aybladi. Rasmiy Seul buni rad etdi

'Putin Janubiy Koreyani Ukrainaga qurol etkazib berishda aybladi. Rasmiy Seul buni rad etdi'ning rasmi

Rossiya Prezidenti Janubiy Koreyani Ukrainaga qurol etkazib berishda ayblagandi. Seul Kievga hujumkor qurollarni bermagan. Bu haqda Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok El ma`lum qildi, deya yozmoqda "Zamon.uz"

Payshanba kuni Vladimir Putin "Valday" klubidagi nutqida Koreya Respublikasini Ukrainaga qurol etkazib berishga qaror qilganini aytgandi. Shuningdek, Rossiya etakchisi agar Moskva KXDRga qurol jo`natsa, bu Seulga yoqmasligini ham ta`kidladi.

"Biz Ukrainaga gumanitar yordam berish masalasida xalqaro hamjamiyat bilan birgamiz va hech qanday hujumkor qurollar bermaganmiz. Ammo nima bo`lgan taqdirda ham bu suverenitet masalasi", — degan Yun Sok El jurnalistlar bilan suhbatda.

Seul AQShning eng muhim ittifoqchilaridan biri bo`lsa-da, Ukrainaga hujumkor qurollar berishdan qochib keladi. Bu Rossiya bilan iqtisodiy masalalarda kelishmovchiliklardan qochish hamda Moskvaning Shimoliy Koreyaga ta`siri bilan izohlanadi.

"Biz barcha davlatlar, xususan, Rossiya bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qolishga harakat qilyapmiz", — degan Janubiy Koreya Prezidenti.

    Boshqa yangiliklar