Davlat bayrog`i qabul qilingan kun arafasida o`n beshta shaharda bir vaqtda Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasi bo`lib o`tadi

Sport 29.10.2022, 10:59
Davlat bayrog`i qabul qilingan kun arafasida o`n beshta shaharda bir vaqtda Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasi bo`lib o`tadi

Davlatimizning eng muhim milliy bayramlaridan biri - O`zbekiston Respublikasi davlat bayrog`ini qabul qilish kuni arafasida 13 noyabr kuni respublikaning o`n beshta shahrida bir vaqtda Yangi Nafas sport musobaqalari bo`lib o`tadi. Butun yurtimiz bo`ylab 32 mingga yaqin ishtirokchi "Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda - birga yuguramiz" yagona shiori ostida birlashadi.

Davlat bayrog`i kunini nishonlash doirasida, Farg`ona, Qo`qon, Namangan, Andijon, Chirchiq, Guliston, Jizzax, Samarqand, Qarshi, Termiz, Navoiy, Buxoro, Urganch, Nukus va Toshkent aholisi Yangi Nafas sport ommaviy yugurish musobaqasiga qo`shiladi. Respublika poytaxtida ushbu kuni bir vaqtda 3 ta ommaviy yugurish musobaqalari tashkillashtiriladi – “Yangi O`zbekiston”, “Ashxobod” parklarida va “Humo Arena” muz saroyining hududida.

Barcha shaharlar uchun Yangi Nafas sport ommaviy yugurish musobaqasining yagona masofa uzunligi 3 km ni tashkil qiladi. Tashkilotchilar ta`kidlashicha, ushbu masofa har qanday tayyorgarlik darajasiga ega ishtirokchi uchun optimal masofa hisoblanadi. Tajribali yuguruvchilar uchun dasturga 12 km uzunlikdagi masofa kiritilgan bo`lib, uning marshruti  “Yangi O`zbekiston” parkida o`tadi.

Ommaviy yugurish musobaqasida nogironligi bo`lgan yuguruvchilarning xavfsiz va qulay ishtirok etishining ta`minlanganligi Yangi Nafas dasturining muhim qismi bo`lib hisoblanadi. Adliya vazirligi ko`magida shaharlarning har birida ularning keng ko`lamli tadbirda qatnashishi tashkil etiladi.

Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasi doirasida, har bir shaharda konsert – ko`ngilochar tadbirlarning o`tkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, Davlat bayrog`i kuniga bag`ishlab ommaviy fleshmoblar tashkil etiladi.

Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasining tashkilotchilari sifatida Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Toshkent shahar hokimiyati, Yoshlar ishlari agentligi, O`zbekiston kasabalar federasiyasi, “O`zbekneftgaz” AJ hamda Engil atletika federasiyasi ishtirok etmoqda.

Yangi Nafas — aholini sog`lomlashtirish va sog`lom turmush tarzini rivojlantirishga qaratilgan ijtimoiy harakat. Ommaviy yugurish musobaqasi Engil atletika federasiyasi ishtirokida 2019-yildan beri o`tkazib kelinmoqda. Loyiha doirasida O`zbekiston shaharlari bo`ylab xayriya ommaviy yugurish musobaqalari va marafonlar, sport tadbirlari o`tkazilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1