Belarus fanlar akademiyasi olimlari qon tahlili orqali saraton kasalligini aniqlash usulini topdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar qildi.
Mazkur yangilik tanadagi xavfli o`simta hujayralari mavjudligini tekshirishga asoslangan.
Mutaxassislarning ta`kidlashicha, sog`lom kishilarda bunday hujayralar uchramaydi. Chunki ular organizmda shishlar o`sishi natijasida paydo bo`ladi.
To`g`ri, yangi diagnostika usuli saraton o`smalari bemor tanasining aynan qaysi nuqtasida shakllanganini bilish imkonini bermaydi. Biroq bu oson va samarali tashxislash yo`li bilan kasallik rivojlanishi xavfini erta bosqichda aniqlash mumkin.
Hozirgacha ushbu yangilik 500 martaga yaqin klinik sinovdan o`tkazildi va samaradorligi tasdiqlandi.






