1

Bugun Nodirbek Abdusattorov Reykyavikda final uchun o`ynaydi

Sport 29.10.2022, 19:39
Bugun Nodirbek Abdusattorov Reykyavikda final uchun o`ynaydi

Islandiyaning Reykyavik shahrida shaxmat bo`yicha nufuzli "World Fischer Random Chess Championship 2022" musobaqasi davom etmoqda.

Mukofot jamg`armasi 400 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi ushbu turnirda yosh grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattorov ham muvaffaqiyatli dona suryapti. Hambrtimiz guruh bosqichini eng ko`p ochko bilan yakunlab, o`z guruhi g`olibi sifatida yarim finalga yo`l olgandi. 

Bugun bir kunlik tanaffusdan so`ng 1/2 final uchrashuvlari o`tkaziladi. Abdusattorov A guruhi g`olibi sifatida B kvartetida ikkinchi o`rinni egallagan amerikalik Xikaru Nakamuraga qarshi bahs olib boradi. Yarim final 4 partiyadan iborat bo`lib, ochkolar teng kelib qolgan holatda hal qiluvchi armageddon-partiyaga murojaat qilinadi. 

Ikkinchi yarim final juftligida amaldagi jahon toji sohibi, norvegiyalik Magnus Karlsen turnirda FIDE bayrog`i ostida o`ynayotgan rossiyalik Yan Nepomnyashiyga qarshi dona suradi. Ikkala 1/2 final uchrashuvi ham bizning vaqt bilan soat 20:00da boshlanadi. 

Ma`lumot uchun, turnir g`olibi 150 ming AQSh dollarini qo`lga kiritadi. Ikkinchi o`rin egasi 85 ming, 3-o`rin sohibi 55 ming, 4-o`rin bilan kifoyalangan shaxmatchi 40 ming AQSh dollari bilan taqdirlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1