AsosiyJinoyat

Andijonda baliqxonani fohishaxonaga aylantirganlar qo`lga olindi

'Andijonda baliqxonani fohishaxonaga aylantirganlar qo`lga olindi'ning rasmi

Andijon viloyati Ulug`nor tumanida baliqxona niqobi ostida fohishaxona tashkil etganlar qo`lga olindi. 

Bu haqda "Vaziyat 24" ko`rsatuvida ma`lum qilindi.

Qayd etilishicha, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi odam savdosi va noqonuniy migrasiyaga qarshi kurashish bo`limi hamda Ulug`nor tumani ichki ishlar bo`limi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir o`tkazilgan.

Tadbir davomida tumandagi umumiy ovqatlanish shoxobchasi niqobi ostida qo`shmachilik faoliyati bilan shug`illanib kelayotganlar aniqlangan.

Tuman hududidagi baliqxonada ish yurituvchi bo`lib ishlab kelayotgan 44 yoshli ayol 19 yoshli ayolning 200 ming so`m evaziga fohishalik bilan shug`ullanishiga sharoit yaratib bergan vaqtida reyd tadbiri ishtirokchilari ashyoviy dalillar bilan qo`lga olgan.

Shuningdek, mazkur holat yuzasidan tuman ichki ishlar bo`limi huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 131-moddasi (qo`shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilayotgani ma`lum qilingan.

    Boshqa yangiliklar