AQSh Kongressiga oraliq saylovlarda Respublikachilar g`alaba qozonsa, Ukrainaga nisbatan siyosat qayta ko`rib chiqilishi mumkin. Bu haqda manbalarga tayanib Zamon.uz' xabar bermoqda.
Ma`lum bo`lishicha, gazetada e`lon qilingan maxsus maqolada ayrim respublikachilarning fikrlariga iqtibos berilgan. Mualliflar Kongressda respublikachilar ko`pchilik o`rinni egallagan taqdirda, Ukraina masalasiga e`tibor susayishi va asosan AQSh ichki muammolariga ustuvorlik berilishini taxmin qilgan.
Masalan, Vakillar palatasi a`zosi, respublikachi Teylor Grin “respublikachilar davrida Ukrainaga bir tiyin ham berilmasligi”ni aytgan. Respublikachilarning palatadagi etakchisi Kevin Makkarti ham shu pozisiyada.
Partiyaning ushbu pozisiyasi demokratlar boshchiligidagi Oq uy harakatlariga qarama-qarshi bo`lishi ta`kidlangan.
“Bayden va uning ittifoqchilari Ukraina uchun kurashni demokratiya va liberal dunyo tartiboti uchun kurash sifatida baholamoqda”, – deyiladi maqolada.