AsosiyJamiyat

Samarqandda advokat pora bilan qo`lga tushdi

'Samarqandda advokat pora bilan qo`lga tushdi'ning rasmi

Samarqand shahrida fuqarodan 1500 dollar pora talab qilgan advokat ushlandi. Bu haqda “O`zA” yozmoqda.

Aniqlanishicha, Samarqand shahridagi “Yulduz” advokatlik firmasi advokati vazifasida ishlab kelayotgan A.U. (1971 yilda tug`ilgan) sud idoralarida ko`rib chiqilayotgan ishlarda advokat sifatida ishtirok etib, “vositachilik” qilish yo`li bilan sud tizimida ishlovchi tanishlari orqali ishlarni ijobiy hal qilib berish evaziga fuqarolardan katta miqdordagi pul mablag`larini olib kelgan.

Xususan, mahalliy fuqaroning turmush o`rtog`i bilan qonuniy nikohini bekor qilish yuzasidan fuqarolik ishlari bo`yicha Payariq tumanlararo sudining qarorini chiqartirib berish evaziga undan 1 500 AQSh dollari talab qilgan.

O`tkazilgan tezkor tadbirda advokat A.U. ushbu fuqarodan kelishilgan pullarning 1300 AQSh dollarini olayotgan vaqtda jinoyat ustida qo`lga olingan. Hozirda A.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atish bo`yicha surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar