Rossiya Federasiyasining Kostrom viloyatida Mi-2 vertolyoti halokatga uchragan, bortida besh kishi bo`lgan, deb xabar bermoqda “Trend” TASS agentligiga tayanib.
"Kostrom viloyatida, Sokerkino aeroportidan taxminan to`rt kilometr uzoqlikda Mi-2 vertolyoti tez yordam parvozini amalga oshirayotganda halokatga uchradi. Bortda besh kishi bo`lgan", — dedi agentlik manbasi.
Shuningdek, qo`shimcha qilishicha, hodisa natijasida bir kishi halok bo`lgan, yana to`rt kishi jarohatlangan. Manba ko`ra, vertolyot qo`nayotganda halokatga uchragan.