Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon navbatdagi qisqa masofali ballistik raketani uchirdi. Bu haqda Janubiy Koreya harbiylariga tayanib, “Yonhap” nashri yozmoqda. Bu haqda zamon.uz xabar berdi.
“Shtab boshliqlarining birlashgan qo`mitasi mahalliy vaqt bilan soat 15:31 da Janubiy Pyongan viloyatidagi Sukchon hududidan uchirilganini aniqlaganini ma`lum qildi”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq Shimoliy Koreya rasmiylari ketma-ket ikki kun Yapon dengizi tomon ballistik raketalarni uchirayotgani xabar qilingandi.
KXDR raketa uchirilishini AQSh va Janubiy Koreyadan kelayotgan tahdid bilan izohladi.