Tashqi ishlar vazirligida Ukrainaning O`zbekistondagi elchisi Nikolay Doroshenko bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, elchiga Ukraina Mudofaa vazirligi vakilining amaldagi sanksiya cheklovlarini chetlab o`tib, ikki maqsadli mahsulotlar etkazib berilgani haqida OAVda tarqalgan asossiz bayonoti munosabati bilan jiddiy xavotir bildirildi.
Ukraina tomonidan OAVda O`zbekistonga oid noto`g`ri ma`lumotlar tarqatilishiga yo`l qo`yilmasligi ta`kidlandi.
Shu bilan birga, O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Ukraina tomonining rasmiy so`rovlari kelib tushgan taqdirda, ularni qiziqtirgan masalalarni o`rganish va xolis ma`lumot berishga tayyorligi qayd etildi.
O`z navbatida, Doroshenko O`zbekiston tomonining xavotirlari va uchrashuv natijalarini Ukraina Tashqi ishlar vazirligi rahbariyatiga zudlik bilan etkazishini ishonch bilan bildirdi.