AsosiyDunyo

JSST: Dunyoda so`nggi to`qqiz oyda koronavirusdan o`lim ko`rsatkichi 90 foizga kamaydi

'JSST: Dunyoda so`nggi to`qqiz oyda koronavirusdan o`lim ko`rsatkichi 90 foizga kamaydi'ning rasmi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus shu yilning fevral oyidan buyon Er yuzida SOVID-19 oqibatida kelib chiqayotgan o`lim holatlari soni 90 foizga kamayganini ma`lum qildi. Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar berdi

 Uning ta`kidlashicha, o`tgan haftada dunyoda 9,4 mingdan ortiq kishi mazkur infeksiya tufayli hayotdan ko`z yumgan bo`lsa, fevral oyida o`rtacha haftalik o`lim ko`rsatkichi 75 mingtani tashkil etgan.

 “Biz uzoq va mashaqqatli yo`lni bosib o`tdik, — deydi JSST rahbari. — Biroq quvonish uchun hali erta. Chunki hanuz koronavirusning yangi mutasiyalari paydo bo`lmoqda. Shu bois xushyorlikni yo`qotmasligimiz zarur”.

Eslatib o`tamiz, COVID-19 pandemiyasi boshlanganidan buyon jahonda 629 million kishi ushbu xavfli kasallikka chalinib, ulardan 6,5 million nafari vafot etdi. 
 

    Boshqa yangiliklar