1

JCh-2022 ochilish marosimida Shakira, Dua Lipa va Black Eed Peas kabi mashhurlar ishtiroki kutilmoqda

Sport 11.11.2022, 12:01
JCh-2022 ochilish marosimida Shakira, Dua Lipa va Black Eed Peas kabi mashhurlar ishtiroki kutilmoqda

20 noyabr kuni Qatarda start oladigan jahon chempionatining ochilish marosimi tafsilotlari ma`lum bo`ldi, deya yozmoqda "Zamon.uz".

Ma`lum qilinishicha, shouda Shakira, Dua Lipa va Black Eed Peas kabi mashhur ijrochilar qatnashadi.

Shuningdek, Qatarda Koreyaning mashhur BTS guruhi va J Balvin va nigeriyalik qo`shiqchi Patrik Nnaemeka Okori chiqish qiladi. Bundan tashqari, marosimda Kanadada tug`ilgan Bollivud yulduzi Nora Fatexi ham ishtirok etishi xabar qilingan. U Jahon kubogi uchun "Light the sky" klipida rol o`ynadi.

Eslatib o`tamiz, JCh-2022dagi ilk o`yinni turnir mezboni – Qatar Ekvador termasiga qarshi o`tkazadi. Musobaqa turnirning ochilish marosimi tugashi bilanoq boshlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1