Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti doirasida yuqori martabali mehmonlarni taqdirlash marosimi o`tkazilmoqda, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri.
O`zbekiston Prezidenti Turkiya etakchisi Rejep Tayyip Erdo`g`on hamda Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedovni "Turkiy dunyoning oliy ordeni" bilan mukofotladi.
Qayd etilishicha, ushbu mukofot 2019 yildan beri sammit ishtirokchilariga topshirib kelinadi. Bokuda o`tkazilgan sammitda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliev Qozog`istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboevga ushbu ordenni topshirgan edi.
2021 yilda esa Turkiya prezidenti Ozarbayjon etakchisini ayni orden bilan mukofotlagan.
Shuningdek, marhum atoqli adib Chingiz Aytmatov Turk dunyosi birligini ta`minlashga qo`shgan hissasi uchun Alisher Novoiy nomidagi xalqaro mukofot bilan taqdirlandi.
Eslatib o`tamiz, sal avval Samarqand sammiti doirasida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`on O`zbekistonning oliy darajali “Imom Al-Buxoriy” ordeni bilan ham taqdirlangan edi.