Biroz avval Turkiyaning Istanbul shahri Beyoglu Istiqlol ko`chasida 13 noyabr kuni portlash sodir bo`lgani haqida xabar bergan edik.
Mahalliy OAVning halok bo`lganlar soni 5, jarohatlanganlar esa 36 kishini tashkil etganini ma`lum qilgan edi.
Ayni damda O`zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi bergan xabarga ko`ra, portlash qurbonlari soni 6 nafarga, jarohatlanganlar esa 53 nafarga etdi.
Turkiya huquq-tartibot idoralari hozirda vafot etgan va jarohatlanganlarning fuqaroligi haqida ma`lumot yo`qligini ma`lum qilgan.
Rasmiylar portlashda terrosristik hurujga yaqin alomatlar mavjudligi hamda uni amalga oshirishda 1 nafar ayolning ishtirok etganligi haqida ma`lumotlar borligini ta`kidlagan.
"Turkiya prokuraturasi portlashdan keyin barcha videokameralar orqali qayd etilgan yozuvlar tahlil qilinayotganligi, tergov harakatlari bo`yicha ma`lumot taqdim etib borilishini ma`lum qildi.
Xozirga qadar hodisa oqibatida jabrlanganlar orasida O`zbekiston fuqarolari mavjudligi haqida ma`lumot yo`q", - deyiladi.






