AsosiySport

Parij-2024 Olimpiya va Paralimpiya o`yinlarining maskotlari taqdim etildi

'Parij-2024 Olimpiya va Paralimpiya o`yinlarining maskotlari taqdim etildi'ning rasmi

Parij-2024 Olimpiya va Paralimpiya o`yinlarining tashkiliy qo`mitasi bo`lajak musobaqaning maskotlarini rasman tanishtirdi.

O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi buni e`lon qildi.  

Unga ko`ra, frigiya qalpog`i shaklidagi o`yinchoqlar musobaqalarning ramzi bo`ladi.

Frigiya qalpog`i Buyuk fransuz inqilobidagi ramzlardan biri hisoblanadi. O`sha davrdan beri u fransuzlar uchun “erkinlik” ma`nosini ifodalab kelgan. Rasmiy manbalarning ma`lum qilishicha, Parij-2024 tashkiliy qo`mitasi O`yinlarga mezbonlik qilish orqali sport, xususan, Olimpiya o`yinlari tarixida o`ziga xos inqilob qilishni ko`zlagan.

    Boshqa yangiliklar