Qozog`iston hukumati respublikada o`tkaziladigan prezidentlik saylovlari uchun Ukrainada saylov uchastkalarini ochishni rejalashtirmayapti, deb xabar berdi manbalarga tayanib Zamon.uz' sayti.
Qayd etilishicha, qozog`istonliklar kerakli miqdordagi saylov byulletenlarini tayyorlash uchun ushbu davlatlardagi elchixonalarni oldindan xabardor qilishlari kerak.
“Ukrainadagi vaziyat tufayli biz bu safar saylov uchastkasini ochmadik. Shuning uchun fuqarolarimiz xohlasalar, qo`shni davlatga — Moldova yoki Polshaga borib, u erda ovoz berishlari mumkin”, - deyiladi xabarda.
Ma`lumot uchun, 20 noyabr kuni Qozog`istonda muddatidan oldin prezidentlik saylovlari bo`lib o`tadi. Markaziy saylov komissiyasi prezidentlikka olti nafar nomzodni, jumladan, amaldagi davlat rahbari Qosim-Jomart To`qaevni ro`yxatga oldi.






