AsosiyDunyo

“G20” sammiti o`z ishini boshladi

'“G20” sammiti o`z ishini boshladi'ning rasmi

Indoneziya Prezidenti Joko Vidodo “G20” sammiti ishini ochib berdi.

“Katta yigirmalik” yig`ilishi rejalashtirilganidan yarim soat kechroq, taxminlarga ko`ra, AQSh Prezidenti Jo Baydenning kechikib kelishi bilan boshlandi.  

Birinchi ish kuni ishtirokchi-mamlakatlar etakchilari oziq-ovqat va energetika xavfsizligi, shuningdek, global sog`liqni saqlash arxitekturasi masalalarini muhokama qilishadi.  

Bundan tashqari, Indoneziya rasmiylari oliy martabali mehmonlarni Kalimantan orolining sharqiy qismida Jakartadan ko`chirilishi rejalangan yangi poytaxt loyihasi bilan tanishtiradilar, deb xabar berdi “TASS” agentligi.

Sammitning ikkinchi ishi kuni Denpasardagi Ngurax-Ray bog`ida mangrov daraxtlarini ekish bilan boshlanadi. Anjuman qatnashchilari shundan keyin raqamli transformasiya bo`yicha ishchi sessiyasini o`tkazishadi.

“Katta yigirmalik” deklarasiya qabul qilish bilan yakunlanadi.  Shundan keyin Prezident Joko Vidodo matbuot anjumanida sammit ishi haqida jurnalistlarga ma`lumot beradi.  

Navbatdagi “G20”ning raisligi Hindistonga o`tadi.

    Boshqa yangiliklar