Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Indoneziyadagi G20 sammitida yig`ilgan sanoati rivojlangan mamlakatlar rahbarlari bilan video aloqa orqali gaplashar ekan, Rossiya tomonidan Ukrainada olib borilayotgan urushni to`xtatishga chaqirdi.
"Ishonchim komilki, hozir Rossiyaning buzg`unchi urushini to`xtatish imkoni bor va zarur bo`lgan vaqt. Bu minglab odamlarning hayotini saqlab qoladi", — dedi Zelenskiy o`zining videomurojaatida.
"Yadroviy tahdidni hech qanaqasiga oqlab bo`lmaydi", deya qo`shimcha qildi u.
Zelenskiy shuningdek, "urush adolatli tarzda, BMT Nizomi va xalqaro huquq asosida yakunlanishi kerak"ligini aytdi.
U Zaporoje AESda radiasiyaviy xavfsizlikni tiklash, Rossiya energiya tashuvchilari uchun narx chegarasini joriy etish va Ukraina donini eksport qilish tashabbusini kengaytirishga chaqirdi.
15.11.2022 06:31
Zelenskiy G20 sammitida onlayn tarzda chiqish qildi






