Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I RFning G20 tarkibidan chiqarib yuborilishiga qarshi chiqdi. "Zamon.uz"ning "Kommersant.ru"ga taniyab bergan xabariga ko`ra, bu haqda u rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan uchrashuvda gapirgan.
“ ‘Yigirmatalik’ sammitida shaxsan ishtirok etayotganingizdan xursandman. Biz Rossiyaning G20 doirasidagi mavqeini qo`llab-quvvatlaymiz. Hech kim RFning ko`p formatli muloqotida ishtirok etishni cheklash huquqi yo`q”, — degan Xitoy TIV rahbari.
Ukrainada harbiy mojaro boshlangach, ko`plab davlatlar Moskvaning “Katta yigirmatalik”dan chiqarib yuborilishini talab qildi. 14 noyabr kuni Ukraina oliy radasi ushbu tashabbus aks etgan murojaatni G20 davlatlariga yo`lladi.






