AsosiyDunyo

​Koronavirus bilan qayta kasallangan keksa bemorlarda o`lim xavfi ikki baravar oshdi

'​Koronavirus bilan qayta kasallangan keksa bemorlarda o`lim xavfi ikki baravar oshdi'ning rasmi

Takroriy COVID-19 o`lim, kasalxonaga yotqizish va sog`liq muammolari xavfini sezilarli darajada oshiradi. Bu haqda tuzalib ketgan 500 ming nafar bemorning holati tahlil qilingan yangi tadqiqotda qayd etilgan.

Virusni qayta yuqtirgan odamlarda o`lim xavfi ikki baravar, kasalxonaga yotqizish xavfi esa uch baravarga oshadi. Shuningdek, ularda o`pka va yurak, qon, buyrak, ruhiy salomatlik, suyaklar va mushaklar, nevrologik kasalliklar (60% ga) bilan bog`liq muammolarni rivojlanish ehtimoli ortadi.

Ko`p hollarda sog`liqdagi muammolari qayta infeksiyadan keyingi birinchi oyda kuzatiladi va 6 oydan keyin ham davom etadi. Shuni alohida qayd etish lozimki, emlanganlarga ham, emlanmaganlar ham xavf ostida.

Tadqiqot natijalari 2020 yil martidan 2022 yil apreligacha to`plangan AQSh faxriylar ishlari departamenti ma`lumotlariga asoslanadi. Ular orasida bir marta kasallangan 443,6 ming nafar bemor hamda ikki va undan ortiq marta infeksiyani yuqtirgan 40,9 ming nafar bemor haqida ma`lumotlar mavjud. Shuningdek, kasal bo`lmagan 5,3 million kishining ma`lumotlari ham hisobga olingan. Ma`lumotlarning aksariyati erkaklarga tegishli.

Ba`zi ekspertlarning ta`kidlashicha, bu ma`lumotlar butun aholi bo`ylab vaziyatni aks ettirmaydi. Nyu-Yorkdagi Weill Cornell tibbiyot kollejining mikrobiologiya va immunologiya professori Jon Murning so`zlariga ko`ra, Veterans Affairs tibbiyot muassasalariga kelgan bemorlar juda ko`p kasalliklarga chalingan keksa odamlardir.

 

    Boshqa yangiliklar