1

"Qozog`istonliklarga bo`sh hudud qoldirmadik" — Katanes

Sport 16.11.2022, 22:20
"Qozog`istonliklarga bo`sh hudud qoldirmadik" — Katanes

Bugun, 16 noyabr kuni O`zbekiston xalqaro o`rtoqlik uchrashuvi doirasida Qozog`iston bilan kuch sinashdi. Mazkur bellashuvda o`zbek vakillari 2:0 hisobida raqibdan ustun keldi. 

Dastlab, 11-daqiqada Hojimat Erkinov bellashuvda hisobni ochdi. 45-daqiqa o`tib borayotgan bir paytda Eldor Shomurodov oradagi farqni ikkitaga etkazib qo`ydi. 

Shu tariqa, Srechko Katanes shogirdlari g`alabani qo`lga kiritdi. 

 Bellashuvdan so`ng "oq bo`rilar" bosh murabbiyi Srechko Katanes matbuot anjumanida ishtirok etib, g`alaba ajoyib bo`lganini ta`kidladi:

"Taktik ajoyib g`alaba bo`ldi. Taassurotlarim ijobiy. Jamoam yaxshi harakat qildi, borlarini berib o`ynashdi. Jismonan biz yanada kuchliroq bo`lishimiz mumkin. Kelgusida shunday bo`lishiga ishonaman", — deydi u.

Yig`ilishda Katanes, shuningdek, qozog`istonliklar o`yini haqida ham munosabat bildirdi.

"Mening ularga baho berishim to`g`ri bo`lmaydi. Sababi, men o`zimning jamoamni kuzatdim. Aytish lozim, ular ajoyib harakat qilishdi.

Raqibda ikki-uchta yaxshi vaziyat bo`ldi. Birinchi taymda jarima zarbasi ham xavfli chiqdi. O`sha vaziyatda omadimiz keldi. 

Osiyoning ko`p jamoalariga qarshi 3 ta markaziy himoyachi bilan o`ynasangiz, ular qiynalib qolishadi. Imkoniyatlar yaratishda, hujumlar tashkil qilishda ular muammolarga duch keladi.

Qozog`istonliklarga bo`sh hudud qoldirmadik. Juda zich joylashdik va bu raqibga yaxshigina bosh og`riq bo`ldi. Shunga qaramay, ularni xavfli terma ekanini e`tirof etishim kerak", — deydi u.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1