Aviakompaniya faqat talabalar uchun 22 dekabrdan 10 yanvargacha amalga oshiriladigan mahalliy aviaqatnovlarga ekonom-klass uchun 50 foiz chegirma e`lon qildi.
Buning uchun "Uzbekistan Airways Sales" filialiga yoki hududdagi aeroport aviakassasiga kelib, talabalik guvohnomasi, o`qish joyidan ma`lumotnoma va pasport yoki ID-kartani taqdim etish kerak bo`ladi.
17.11.2022 20:21
"Uzbekistan Airways" qishki ta`til oldidan talabalar uchun chegirma e`lon qildi
