AsosiyJamiyat

Samarqandda uch bolasi bilan o`zini kanalga tashlagan ayolning ikki farzandi halok bo`ldi (video)

'Samarqandda uch bolasi bilan o`zini kanalga tashlagan ayolning ikki farzandi halok bo`ldi (video)'ning rasmi

2022 yil 3 noyabr kuni Samarqand tumani “Jarqishloq” mahallasida yashovchi 1996 yilda tug`ilgan Q.A. qaynonasi bilan o`rtalarida kelib chiqqan oilaviy kelishmovchilik natijasida unga “achchiq qilib”, o`zini 3 nafar voyaga etmagan farzandlari bilan birgalikda Samarqand tumani “Yangiariq” mahallasi hududidan oqib o`tuvchi Darg`om kanaliga tashlab yuborgan. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Ta`kidlanishicha, tumanning Yangiariq mahallasida joylashgan “Oq-amur” nomli oshxonada ishlovchi fuqarolar tomonidan ular suvdan chiqarib olingan.

Afsuski, ayolning ikki nafar farzandi vafot etgan. O`zi va yana bir farzandi tuman markaziy shifoxonasiga olib borilgan. Shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko`rsatilib davolanish uchun shifoxonaning jonlantirish bo`limiga yotqizilgan.

Hozirda holat yuzasidan Samarkand tuman prokuraturasi tomonidan tergovga-qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar