1

O`zbekistonlik rejissyorning “Samarqandda qovun tarovati” filmi Milanda xalqaro kinofestivalda g`olib bo`ldi

Madaniyat 19.11.2022, 09:53
O`zbekistonlik rejissyorning “Samarqandda qovun tarovati” filmi Milanda xalqaro kinofestivalda g`olib bo`ldi

O`zbekistonlik taniqli rejissyor Ali Hamraevning “Samarqandda qovun tarovati” filmi Milan shahrida bo`lib o`tgan V FELIX xalqaro kinofestivalida g`olib bo`ldi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar qildi.

2021 yilda suratga olingan “Samarqandda qovun tarovati” filmi rejissyorning o`zi aytganidek, oddiy odamlar haqida va oddiy odamlar uchun yaratilgan.

FELIX - Milandagi eng nufuzli kinoteatr - “Cinema Anteo”da har yili o`tkaziladigan kinofestival. Bu yili ushbu festival beshinchi marotaba o`tkazilmoqda. Har bir film ishtirokchisi uchun asosiy shart - yorqin insonparvarlik tamoyilini filmda aks ettira olishdir.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1