AsosiySiyosat

⚡️ Shavkat Mirziyoev Parijga jo`nab ketdi

'⚡️ Shavkat Mirziyoev Parijga jo`nab ketdi'ning rasmi

Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 21 noyabr kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo`nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi. 

Tashrif dasturiga muvofiq Parij shahridagi Elisey saroyida oliy darajadagi muzokaralar va Fransiya Milliy yig`inida uchrashuv o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Ustuvor sohalarda ko`p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko`rib chiqiladi. Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashiladi.

Davlatimiz rahbari Fransiyaning etakchi kompaniyalari vakillari bilan ham uchrashuv o`tkazadi.

Luvr muzeyi va Arab dunyosi institutiga tashrif buyurib, xalqimizning boy madaniy merosiga bag`ishlangan “O`zbekiston vohalari xazinalari. Karvon yo`llari chorrahasida” va “Samarqandga yo`l. Ipak va oltin mo``jizalari” ko`rgazmalari bilan tanishish mo`ljallangan.

    Boshqa yangiliklar