Joriy yilning 20 noyabr kuni ertalab soat 08.30larda Qarshi shahar, "Mahallot" mahallasi Ahmad Yassaviy ko`chasida joylashgan uyda ijarada yashab kelayotgan qiz G.T is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati "Darakchi.uz"ga xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, 2005 yilda tug`ilgan qizning jasadi hammomdan topilgan. U hammomga o`rnatilgan gaz pechidan sizib chiqqan is gazining ko`payib ketishi oqibatida zaharlangan.
Asli Koson tumanlik bo`lgan qiz, Qarshi shahridagi o`quv markazida tahsil olayotgan bo`lgan.
Hozirda holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.