AsosiyDunyo

Indoneziyadagi zilzila qurbonlari soni 268 kishiga etdi

'Indoneziyadagi zilzila qurbonlari soni 268 kishiga etdi'ning rasmi

Bir muddat avval Indoneziyaning Yava orolida ro`y bergan zilzila oqibatida 162 kishi halok bo`lgani haqida ma`lumot bergan edik.

Shuningdek, yuzlab odamlar jarohat olgani qayd etilgandi.

Xorij OAVsi berayotgan ma`lumotlarga ko`ra, zilzila oqibatida halok bo`lganlar soni 268 kishiga etdi. Mamlakatning tabiiy ofatlarni boshqarish bo`limi boshlig`i buni ma`lum qilgan.

Eslatib o`tamiz, hodisa tufayli kamida 377 kishi jarohatlangan, 31 kishi bedarak yo`qolgan. 2300 dan ortiq uy butunlay vayron bo`lgan yoki katta zarar ko`rgan.

Ta`kidlarga ko`ra, zilzilaning halokatli kuchi uning episentrining sayoz chuqurligi bilan bog`liq. Bundan tashqari, zilzila kamida bitta qishloqni qamrab olgan ko`chkini keltirib chiqardi.

    Boshqa yangiliklar