Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo`limi xodimlari hamda viloyat IIB YHXB xodimlari bilan xamkorlikda pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga doir huquqbuzarlikni o`z vaqtida fosh etishdi. Bu haqda Andijon viloyati bojxona boshqarmasi matbuot xizmati xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, Andijon viloyati Bo`ston tumanida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro Yu.J.ga tegishli bo`lgan “DAMAS” rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda ko`zdan kechirildi.
Natijada, avtotransport vositasida mamlakatimiz hududiga noqonuniy ravishda olib kirilgan umumiy qiymati 40 million so`mlik 100 dona “7SHOTS” nomli salyutlar va 105 600 dona “Britanik” nomli pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Eslatib o`tamiz, sal avval “Darband” YPX maskanida pirotexnika vositalarining yirik partiyasi ushlab qolingan edi.






