AsosiyJamiyat

"Qimorboz mansabdorlar": Forish tumani hokimining qimor o`ynayotgan surati bo`yicha munosabat bildirildi

'"Qimorboz mansabdorlar": Forish tumani hokimining qimor o`ynayotgan surati bo`yicha munosabat bildirildi'ning rasmi

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda “Qimorboz mansabdorlar” izohi bilan Forish tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunal xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosari Farrux Amirovning qimor o`ynayotgani aks etgan fotosurat va unga nisbatan jazo belgilash zarurligiga ishora qilingan ma`lumot tarqaldi.  

Mazkur ma`lumot yuzasidan Forish tumani IIB JXX tergovga qadar tekshiruv o`tkazdi, deya xabar bermoqda Jizzax viloyati IIB matbuot xizmati. 

Ma`lum bo`lishicha, ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan fotosurat 2010 yilning mart oyida olingan bo`lib, o`sha paytda F.A. hech qaerda ishlamagan. Holat yuzasidan qo`shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.  

Boshqa yangiliklar