Ijtimoiy tarmoqlarda Angren shahar hokimi Alisher Raimovga tegishli davlat xizmatchisi uchun nomaqbul so`zlar, haqoratlar ishlatilgan audioyozuvi tarqaldi.
Toshkent viloyati hokimligining ma`lum qilishicha, bu masala Odob-ahloq komissiyasining yig`ilishida ko`rib chiqilib, tegishli chora ko`rish uchun viloyat hokimi Zoyir Mirzaevga taqdimnoma kiritilgan.
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzaevning farmoyishi bilan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta`minlash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori talablariga rioya qilmaganligi, davlat xizmatchisining kasb etikasini buzganligi, mansab vakolatlarini suiste`mol qilib, noqonuniy xatti-harakatlarni sodir etganligi uchun Angren shahar hokimi Alisher Abdumalikovich Rayimovga nisbatan “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo`llanilgan.