Toshkent-Andijon va Toshkent-Samarqand yo`nalishlari bo`yicha pullik yo`l qurish doirasida alohida yo`llar qurilishi rejalashtirilgan.
Bu haqda O`zLiDeP Press-klubining navbatdagi sonida Transport vazirligi vakili Murodjon Ismanaliev ma`lum qildi.
Aytilishicha, loyihaning texnik-iqtisodiy asosiga muvofiq Toshkent-Andijon pulli avtomobil yo`li uch qismdan iborat bo`ladi -Toshkentdan Angrengacha, Angrendan Qamchiq dovoni bo`ylab Xonobodgacha. Xonoboddan Andijongacha. 2023 yilda yakuniy tayyor bo`ladigan texnik-iqtisodiy asosga o`zgartirish kiritilishi mumkin.
Shuningdek, ma`lum qilinishicha, Toshkent-Samarqand yo`nalishi bo`yicha esa dastlabki texnik-iqtisodiy asos orqali uchta variant ishlab chiqilgan. Birinchi variantda - alohida yo`l qurish, ikkinchisida - bor yo`lga qisman qo`shilib o`tish hamda bor yo`lni rekonstruksiya qilish.
2021 yilda Prezidentga o`tkazilgan taqdimot bo`yicha birinchi - alohida yo`l qurish masalasi tasdiqlangan va hozirda shu bo`yicha ish olib borilmoqda.