Farg‘onada 9 yil avval kanaldan jasadi topilgan bolaning shaxsiga aniqlik kirtish maqsadida uning yaqinlari qidirilmoqda. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmatining “darakchi.uz”ga xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 2013 yil 27 noyabr kuni Janubiy Farg‘ona kanalining Marg‘ilon shahar Ariqbo‘yi MFY Kanalbo‘yi ko‘chasidagi qismidan shaxsi nomaʼlum, buyi 93 sm, yuz tuzilishi dumaloq, bug‘doyrang, sochlari qora siyrak 4-5 sm uzunlida, qoshi va ko‘zlari qora, tishlari tabiiy butun, osiyo millatiga mansub, 3-4 yoshlardagi o‘g‘il bolaning murdasi topilgan. Hozirgi kunga qadar, marhumning yaqinlarini topish ishlari olib borilmoqda.
"Ushbu shaxs yoki uning yaqin qarindoshlari haqida biror bir maʼlumotga ega bo‘lgan hamyurtlarimizni yaqin oradagi ichki ishlar organlariga yoki “102” qisqa raqamiga habar berishlarini so‘raymiz", - deyiladi xabarda.