AsosiyJamiyat

⚡️Sirdaryo viloyatiga yangi hokim tayinlandi

'⚡️Sirdaryo viloyatiga yangi hokim tayinlandi'ning rasmi

Prezidentning tegishli Farmoni bilan Maxmudaliev Akmaljon Azimjonovich zimmasiga Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajarish yuklatildi. Bu haqda O`zA xabar qildi. 

Ma`lum qilinigicha, ayni daqiqalarda Bosh vazir Abdulla Aripov hamda Prezident Administrasiyasi rahbari Sardor Umurzakov ishtirokida Sirdaryo viloyatida bo`lib o`tayotgan yig`ilishda mazkur farmon matni o`qib eshittirilgan va yangi hokim jamoaga tanishtirilgan.

A.Maxmudaliev ko`p yillar davlat idoralarida mehnat qilib, katta tajriba to`plagan. Vazirlar Mahkamasi mas`ul xodimi, Farg`ona viloyatining

Uchko`prik tumani hokimi, Navoiy viloyati hokimining qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosari lavozimida ishlagan.

Eslatib o`tamiz, Sirdaryo viloyatining sobiq hokimi Mirzaev G`ofirjon G`anievich Prezident maslahatchisi lavozimiga tayinlangan edi.


 


 

    Boshqa yangiliklar