1

Yaponiya besh yil ichida mudofaa uchun 290 milliard dollardan ortiq mablag` sarflashni rejalashtirmoqda

Dunyo 27.11.2022, 15:26
Yaponiya besh yil ichida mudofaa uchun 290 milliard dollardan ortiq mablag` sarflashni rejalashtirmoqda

Yaponiya hukumati kelgusi besh yil ichida mamlakat mudofaa qobiliyatini oshirish uchun 40 trillion ienadan (290 milliard dollardan ortiq) ortiq mablag` sarflashni rejalashtirmoqda. 

Uning so`zlariga ko`ra, hozirda tegishli reja ko`rib chiqilmoqda. Yaponiya hukumati har yili yalpi ichki mahsulotning 2 foizidan ko`prog`ini mudofaaga sarflashni ko`zlagan.

Yaponiya Mudofaa vazirligi 2023 yil moliya yili uchun 5,59 trillion iendan (taxminan 40 milliard dollar) ortiq byudjet so`rashni reja qilgan. Agar bu talab ma`qullansa, Tokioning harbiy xarajatlari joriy yilga nisbatan 4 foizdan ko`proqqa oshadi. 

Shu bilan birga, mahalliy OAV ma`lumotlariga ko`ra, so`ralgan byudjetning ko`plab moddalari bo`yicha hozircha aniq miqdorlar ko`rsatilmagan. Natijada, harbiy ajratmalarning yakuniy hajmi kamida yana 1 trillion ienaga oshadi va 6,5   trillion ienadan (45 milliard dollar) oshadi. Bu mablag`lar, xususan, uzoq masofaga uchuvchi raketalar, hujumchi uchuvchisiz samolyotlar va gipertovushli tizimlarni tutib olishga qodir bo`lgan yangi raketaga qarshi mudofaa tizimlarini yaratish va ommaviy ishlab chiqarishga yo`naltirilishi ko`zda tutilgan.

Yaponiya so`nggi bir necha yil ichida mudofaa xarajatlarini muntazam oshirib bordi – joriy moliyaviy yilda ushbu maqsadlar uchun ajratmalar 5,37 trillion ienaga (hozirgi kurs bo`yicha 39,1 milliard dollar) etdi, bu rekord darajadagi yuqori ko`rsatkich edi. 

Mamlakatning hukmron Liberal-demokratik partiyasi NATO mamlakatlari bilan taqqoslaganda, harbiy mablag`larni yalpi ichki mahsulotning 2 foiziga etkazishni taklif qilmoqda, bu hozirgidan deyarli ikki barobar ko`p.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1