Qozog`istonda 42 darajagacha sovuq bo`lishi kutilmoqda

Dunyo 29.11.2022, 15:25
Qozog`istonda 42 darajagacha sovuq bo`lishi kutilmoqda

Qozog`istonning to`rtta viloyatida kuchli sovuqlar sababli bo`ron haqida ogohlantirish e`lon qilindi, deb xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati “Kazidromet”ga tayanib.

Shimoliy Qozog`iston viloyatida 25 dekabr kuni havo harorati keskin pasayib, 20-25 daraja sovuq, viloyat shimolida minus 30 darajagacha, 26 dekabr kechasi minus 25-30 darajagacha, joylarda 33 daraja sovuq bo`lishi kutilmoqda.

Pavlodar viloyatida 26 dekabr kuni havo harorati 30-35 daraja sovuq, viloyat shimolida minus 38 daraja sovuq, 27 dekabr kuni kechasi 32-37 daraja sovuq bo`lishi kutilmoqda. Ba`zi joylarda qattiq sovuq - minus 40.

Qutqaruvchilarning eslatishicha, qattiq sovuqlar yong`inlar sonining ko`payishiga, kommunal avariyalarga va transport vositalarining buzilishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, muzlab qolish bilan bog`liq o`lim holatlari ham sodir bo`lishi mumkin.

Shu bois Favqulodda vaziyatlar vazirligi bunday ob-havo sharoitida kattalar va bolalarga zarurat bo`lmasa ko`chaga chiqmaslikni qat`iy tavsiya qilmoqda.

 

Sharhlar