AsosiyJamiyat

Toshkentda 100 nafar odamni aldab, 55 nafarini xorijga yuborgan jinoiy guruhga sud hukmi o`qildi (video)

'Toshkentda 100 nafar odamni aldab, 55 nafarini xorijga yuborgan jinoiy guruhga sud hukmi o`qildi (video)'ning rasmi

Jinoyat ishlari bo`yicha Mirzo Ulug`bek tuman sudida 100 nafar jabrlanuvchini ishonchiga kirib, qariyb 550 million so`mni talon taroj qilgan 3 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishi ko`rib chiqildi, deya xabar bermoqda "Darakchi.uz" muxbiri. 

Ma`lum qilinishicha ular chet elda ishlash istagida bo`lgan shaxslarni, nufuzli xorijiy mamlakatlarda ishga joylashtirishlarini aytishgan. Jabrlanuvchilar soni 100 nafar. Sudlanuvchilar qariiyb 550  million so`mni tashkil qiluvchi pul mablag`larini firibgarlik yo`li bilan o`zlashtirib, bergan va`dasini bajarmasdan pul mablag`larini talon toroj qilgan.  

Jinoyat ishi bo`yicha sudlanuvchilar e`lon qilingan ayblovga iqrorlik bildirishmadi. Sudlanuvchilar e`lon qilingan ayblovga iqrorlik bildirmagan holatda ko`rsatma bergan bo`lsalarda, ularning qayd etilgan jinoyatlarni sodir etganligi jinoyat ishida to`plangan dalillar bilan to`liq isbotlangan.

Sudda jabrlanganlar bo`yicha ayrim ma`lumotlar keltirib o`tildi. 

Jumladan, Toshkent viloyati bo`yicha:

Ayol jabrlanuvchiga uni nufuzli xorijiy mamlakat hisoblangan Saudiya Arabistoni Podshohligida qulay sharoitlarga ega bo`lgan va serdaromad ish joyi bilan ta`minlashini ma`lum qiladi. Unga “Xaj” va “Umra” ibodatlarini ado etish imkoniyatlari borligini aytgan holda qiziqtiradi. 16.06.2021 yilda ayolni Ar-Riyod shahriga yuborgan va uni Saudiya Arabistoni Podshohligida yashovchi tergovda shaxsini aniqlash imkoni bo`lmagan “Ibrohim” ismli shaxs kutib olib, moddiy naf evaziga ishchi qidirayotgan oilalarga sotib yuborgan.

Namangan viloyati bo`yicha:

- Jabrlanuvchi erkakka uni bandlik agentligi MChJ orqali Polsha Respublikasida qulay sharoitlarga ega bo`lgan, serdaromad ish joyi bilan ta`minlashini ma`lum qilib, undan 2021 yil dekabr oyida 1.100 AQSh dollarini qabul qilib, ushbu pul mablag`larni talon toroj qilgan.

- Yana bir jabrlanuvchiga uni bandlik agentligi MChJ orqali Bolgariya Respublikasida qulay sharoitlarga ega bo`lgan, serdaromad ish joyi bilan ta`minlashini ma`lum qilib, undan 2019 yil fevral oyida 13.000.000 so`m  mablag`ini qabul qilib, ushbu pul mablag`larni talon toroj qilgan.

Sud hukmiga ko`ra Xususiy bandlik agentligi MChJ rahbari JKning 135-moddasi 3-qismi "G" bandi, 168-modda 4-qismi "A" bandi bilan aybli deb topoilib, 8 yilu 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Qolgan ikki nafar sudlanuvchi esa Odam savdosi jinoyatini sodir qilganlikda aybli deb topilib, har biriga 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar