1

Toshkent shahar sog`liqni saqlash bosh boshqarmasida tayinlovlar amalga oshirildi

Jamiyat 01.12.2022, 17:33
Toshkent shahar sog`liqni saqlash bosh boshqarmasida tayinlovlar amalga oshirildi

Toshkent shahar sog`liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig`i o`rinbosarlari lavozimlariga o`tkazilgan ochiq tanlov natijalariga ko`ra, qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi  Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xususan, Sog`liqni saqlash vazirining tegishli buyrug`i bilan :

  • Satvaldiev Nodirjon Abduvaxidovich Toshkent shahar sog`liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig`ining tibbiy yordamni tashkillashtirish bo`yicha birinchi o`rinbosari etib tayinlandi.

️ N.Satvaldiev 2009 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasini tamomlab, o`z ish faoliyatini farmasevtik kompaniya menejeri sifatida boshlagan. Keyinchalik Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo`limi klinik ordinatori, shifokor-statisti, Maslahat poliklinikasi mudiri, bosh shifokor lavozimlarida mehnat qilgan.

  • Abdullaeva Muattarxon Ilyosovna Toshkent shahar sog`liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig`ining onalik va bolalikni muhofaza qilish hamda reproduktiv salomatlik bo`yicha o`rinbosari etib tayinlandi.

M. Abdullaeva 1997 yil 1-Toshkent davlat tibbiyot instituti (hozirgi Toshkent tibbiyot akademiyasi)ni tamomlab, o`z ish faoliyatini Angren shahar shifoxonasida vrach-terapevt sifatida boshlagan. Keyinchalik Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi 3-son oilaviy poliklinika bosh shifokori, Yashnobod tumani tibbiyot birlashmasi boshlig`i lavozimlarida mehnat qilgan.  ️Mutaxassis hozirga qadar ushbu boshqarma boshlig`ining onalik va bolalikni muhofaza qilish hamda reproduktiv salomatlik bo`yicha o`rinbosari vazifasini bajaruvchi vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

  • Isabekov Botirbek Abdulla o`g`li Toshkent shahar sog`liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig`ining raqamlashtirish va davlat-xususiy sheriklik bo`yicha o`rinbosari etib tayinlandi.

️B. Isabekov 2001 yil 2-Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Toshkent viloyat tez tibbiy yordam stansiyasida ish boshlagan mutaxassis keyinchalik Uchtepa tumanidagi 30-son oilaviy poliklinikada, Uchtepa tuman tibbiyot birlashmasida, Toshkent shahar sog`liqni saqlash bosh boshqarmasi tasarrufidagi xo`jalik hisobidagi tibbiy ko`rik bo`limida qator mas`ul vazifalarda ishlagan. U Toshkent shahar sog`liqni saqlash bosh boshqarmasida bosh mutaxassis, boshqarma boshlig`i o`rinbosari va boshqarma boshlig`i kabi vazifalarda ham mehnat qilgan.  Mutaxassis hozirga qadar ushbu boshqarma boshlig`ining raqamlashtirish va davlat-xususiy sheriklik bo`yicha o`rinbosari vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1