Qirg`iziston prezidenti Sadir Japarov 2010 yilgi O`sh voqealari bo`yicha sudga chaqirildi

Dunyo 02.12.2022, 09:31
Teglar: Qirg`iziston, O`sh
Qirg`iziston prezidenti Sadir Japarov 2010 yilgi O`sh voqealari bo`yicha sudga chaqirildi

Bishkekning Pervomayskiy tuman sudi 2010 yil iyun voqealari bo`yicha jinoyat ishini ko`rishda davom etmoqda. Bu haqda "24.kg" xabar qildi. 

Dastlab sudga sobiq prezident Almazbek Atambaev keltirildi. 

Sudga Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasining sobiq rahbari Keneshbek Duyshebaev va Jalolobod viloyatining sobiq hokimi Bektur Asanov ham keltirilgan.

Sobiq davlat rahbari tartibni buzgani uchun sud zalidan olib chiqildi.

Yig`ilishda ayblanuvchi Keneshbek Duyshebaev prezident Sadir Japarov, Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasi rahbari Qamchibek Tashiev va parlamentning sobiq spikeri Talant Mamitovni guvoh sifatida sudga chaqirish bo`yicha iltimosnoma kiritdi.

Bundan tashqari, Keneshbek Duyshebaevga ko`ra, sud sobiq davlat rahbari Almazbek Atamboevsiz o`tishi mumkin emas. Unga ko`ra, agar sobiq prezident ko`rsatma bermasa, u ham bu huquqidan voz kechadi.

Sudya Chingizbek Berdimuratov ayblanuvchining iltimosnomasini qisman qanoatlantirdi. Unga ko`ra, sudga Sadir Japarov, Qamchibek Tashiev va Talant Mamitov chaqirildi. Ular guvoh sifatida so`roq qilinadi.

Chingizbek Berdimuratovning eslashicha, tergov jarayonida uchalasi ham so`roq qilingan. Bundan tashqari, sobiq deputat Axmatbek Keldibekov sudga chaqiriladi.

Ma`lumot uchun: 2010 yil iyun voqealari bo`yicha jinoiy ish bo`yicha tergov 2021 yil aprel oyida qayta boshlangan. Mazkur holat yuzasidan Qirg`iziston Respublikasi Jinoyat kodeksining “Xizmat vakolatini suiiste`mol qilish” moddasi bo`yicha tergov harakatlari olib borilmoqda. Muvaqqat hukumat mansabdor shaxslariga nisbatan 2010 yilning may-iyun oylarida respublika janubida fojiali oqibatlarga olib kelgan sabablardan biri bo`lgan taniqli Qodirjon Botirovning mamlakatdan to`siqlarsiz noqonuniy chiqib ketishiga ko`maklashganlik fakti bo`yicha ish qo`zg`atilgan.

Sharhlar

⚡️Qirg`iziston va O`zbekiston hamkorlikda ishlab chiqaradigan avtomobillarning narxlari e`lon qilindi

24.01.2023, 10:47

Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston va Qirg`iziston hamkorlikda 19 turdagi engil avtomobillar, jumladan mikroavtobus, pikap, sedan va boshqalarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Qirg`izistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar narxi 13...
Putin Qirg`izistonga keldi. Bu uning Japarov davridagi ilk tashrifi

09.12.2022, 09:30

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qirg`izistonga keldi. Bu haqda "Sputniq Qirg`iziston" xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, Rossiya prezidentini "Manas" aeroportida Vazirlar Mahkamasi raisi – Prezident Administrasiyasi rahbari...
"O`zbekiston bizdan 30-40 yil oldinga o`tib ketdi. Biz hatto gugurt zavodi ham qura olmadik". Sadir Japarov O`zbekiston bilan chegara masalasini keyinga qoldirish mumkin emasligini ta`kidladi (video)

17.11.2022, 12:24

Bugun, 17 noyabr kuni Qirg`iziston parlamentida O`zbekiston bilan chegara bo`yicha kelishuvlarni ratifikasiya qilish masalasi ko`rib chiqilmoqda. Unda prezident Sadir Japarov ham ishtirok etmoqda. Bu haqda...
Ozarbayjon va Qirg`iziston prezidentlari Bishkekdagi maktabda o`quvchilar bilan birga bo`tqa edi

12.10.2022, 13:01

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev davlat tashrifi bilan Qirg`izistonga keldi. Oliy martabali mehmonni Sadir Japarov kutib oldi. Bu haqda "Sputnik Qirg`iziston" xabar qildi. Ozarbayjon rahbari uchun tantanali...