1

O`zbekiston-Buyuk Britaniya kengashi 8 ta ikki tomonlama hujjatni imzoladi

Siyosat 02.12.2022, 10:47
O`zbekiston-Buyuk Britaniya kengashi 8 ta ikki tomonlama hujjatni imzoladi

Toshkentda O`zbekiston-Buyuk Britaniya Savdo va sanoat kengashining 26-yig`ilishi bo`lib o`tdi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. 

Yig`ilish doirasida professional moliyaviy xizmatlar ko`rsatish, infratuzilmani modernizasiya qilish, qurilish sohasini rivojlantirish, Buyuk Britaniyaning Preferensiyalar bosh tizimining Kengaytirilgan sxemasidan  samarali foydalanish masalalari muhokama qilingan to`rtta tarmoq sessiyasi o`tkazildi. Sessiyalar davomida bo`lib o`tgan muloqotlar doirasida, shuningdek, O`zbekistonda amalga oshirilayotgan xususiylashtirish dasturida britaniyalik investorlarning ishtirok etish istiqbollari, O`zbekistonning bir qator yirik kompaniyalarining birlamchi ommaviy taklif (IPO)ga qo`yilishi, davlat-xususiy sheriklik asosida yirik sarmoyaviy va infratuzilmaviy loyihalarini birgalikda amalga oshirish imkoniyatlari va ikki davlat o`rtasida ta`lim sohasida hamkorlik salohiyati muhokama qilindi.

Savdo-sanoat va O`zbekiston-Buyuk Britaniya kengashi yakunlari bo`yicha savdo, to`qimachilik, tog`-kon sanoati, atrof-muhitni muhofaza qilish, ta`lim va madaniyat sohalarida 8 ta ikki tomonlama hujjat, shuningdek, UBTIKning 2023 yil uchun qo`shma harakat rejasi ("Yo`l xaritasi") imzolandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1