1

Vladimir Norov Buyuk Britaniyali hamkasbini O`zbekistonga taklif qildi

Siyosat 02.12.2022, 14:21
Vladimir Norov Buyuk Britaniyali hamkasbini O`zbekistonga taklif qildi

2022 yil 1 dekabr kuni EXHT Vazirlar kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun Lodz shahrida bo`lib turgan O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Buyuk Britaniya Tashqi ishlar, hamdo`stlik va rivojlanish ishlari bo`yicha davlat kotibi Jeyms Kleverli bilan uchrashdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Suhbat chog`ida ham ikki tomonlama, ham mamlakatlarimiz o`rtasidagi xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlikka oid keng ko`lamli masalalar muhokama qilingan.

Parlamentlararo muloqotni faollashtirish, ikki mamlakat qonun chiqaruvchi organlari vakillarining o`zaro tashriflarini tashkil etish va turli sohalarda tajriba almashish masalalari yuzasidan fikr almashilgan.

Savdo-iqtisodiy va investisiyaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash muhimligi, kuni kecha Toshkent shahrida bo`lib o`tgan O`zbekiston-Buyuk Britaniya savdo va sanoat kengashining 26-yig`ilishi doirasida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o`rtasidagi muloqotni faollashtirish zarurligi qayd etilgan.

Ma`lum qilinishicha, ikki davlat ham boy tarixiy merosga ega bo`lib, bu jabhada madaniy va ilmiy aloqalarni chuqurlashtirish imkoniyatlari mavjud. Tomonlar ilm-fan va ta`lim muassasalari, muzey va kutubxonalar o`rtasidagi aloqalarni kengaytirish, bu borada qo`shma loyihalarni amalga oshirish tarafdori ekanligini bildirishgan.

Tomonlar hamkorlikning yangi yo`nalishlarini aniqlash maqsadida turli darajadagi muntazam aloqalarni davom ettirishga kelishib olishgan.  V.Norov britaniyalik hamkasbini O`zbekistonga tashrif buyurishga taklif qilgan.

Uchrashuvda mintaqaviy va xalqaro kun tartibining ayrim masalalari ham ko`rib chiqildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1